Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya: BMTni isloh qilish zarur
17:07 / 2022-08-17

Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimini isloh qilish tarafdori, chunki tuzilmaning hozirgi shakli tinchlik va xavfsizlikni saqlashda samarali rol o‘ynay olmayapti.

Bu haqda Prezident ma’muriyati aloqa boshqarmasi boshlig‘i Faxrettin Altun ma’lum qildi:
- Biz BMT xavfsizlik kengashi doimiy a’zolari tashabbuslarini munozarali vaziyatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki manfaatdor tomon sifatida bloklanayotganini ko‘rib turibmiz. 

Beshta doimiy a’zo masalani o‘z manfaatidan kelib chiqib, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari hududlarini oyog‘osti qilgan holda hal qiladi. Shuning uchun BMTni isloh qilish zamoni keldi.

Altunning fikricha, BMT dunyoda yuzaga kelayotgan inqirozni hal qila olmasligini Ukrainadagi vaziyat yaqqol namoyish qildi. 

- Tashkilot o‘tmishda ham Bosniya va Gersogovina, Ruanda, Suriya hamda Kosovoda insoniyat fojialarining oldini olishga ojiz ekanini ko‘rsatgandi, - deya xulosa qilgan mulozim.