Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida “WAYU EXPO Turkiya” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Yurtimiz yoshlari uchun xorijda, ayniqsa Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida sifatli, qonuniy va xavfsiz ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Turkiyaning 10 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
[gallery-24643]
Ular tomonidan qiziquvchilarga ta’lim yo‘nalishlari, qabul tartibi, hujjatlar ro‘yxati, grant va stipendiya dasturlari, talabalar turar joyi, yashash sharoitlari va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.
Shuningdek, ko‘rgazma davomida yoshlarni xorijiy oliy ta’lim imkoniyatlari bilan tanishtirish, noqonuniy vositachilik va aldov holatlarining oldini olish, ota-onalar va yoshlar ongida xorijiy ta’limga nisbatan ongli va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirildi.
Gulnoza Boboyeva,
Nosirjon Haydarov (surat),
O‘zA