Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya bilan hamkorlik yanada yuksaladi
19:13 / 2023-05-10

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Ibrohimjon Xolmatov boshchiligidagi Andijon viloyati delegatsiyasi ayni kunlarda xizmat safari bilan Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi.

Prezidentimizning joriy yil 10 apreldagi “Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan, Andijon viloyatidagi 1 ming 642 ta ijtimoiy soha muassasasining isitish qozonlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish hamda xususiy sektor boshqaruvga berish belgilangan.  

Joriy yil davomida ijtimoiy soha muassasalaridagi 1 ming 442 ta isitish qozonini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Ayni kunda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni sifatli va belgilangan muddatda bajarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanib, amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bu boradagi ishlarni amalga oshirishda Turkiya kompaniyalari, turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, ularning imkoniyat va takliflarini o‘rganish maqsadida Turkiya davlatiga kelgan Andijon viloyati delegatsiyasi qator kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazmoqda.  

[gallery-11831]

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat delegatsiyasi Turkiyaning Izmir shahridagi “Yağmut Teknik”, “UNMAK” kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuv va muzokaralar jarayonida o‘zaro tajriba almashildi, belgilangan ishlarni sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish yuzasidan taklif, fikr hamda mulohazalar bildirildi. Turkiya kompaniyalarining imkoniyatlari o‘rganildi.  

Masalan, Izmir shahrida faoliyat olib borayotgan “UNMAK” kompaniyasi 1994 yilda tashkil etilgan. Ayni kunda mazkur korxonada turli hajmdagi isitish qozonlari, boller, kotyol va radiatorlar ishlab chiqarilib, dunyoning 40 dan ortiq davlatiga eksport qilinadi. Viloyat delegatsiyasi safar davomida iqtisodiy samaradorligi yuqori hamda kafolat muddati 15 yildan kam bo‘lmagan issiqlik qozonlarini xarid qilish bo‘yicha Turkiya kompaniyalari bilan memorandum imzolashi ko‘zda tutilgan.  

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA