Turkiya Bahrayn bilan munosabatni yaxshilamoqchi
Turkiya Bahrayn bilan aloqani qat’iy tarzda mustahkamlash niyatida.
Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Manamaga parvozi oldidan jurnalistlarga shunday dedi. Vazirning “Ishonchim komilki, hozir turk-bahrayn munosabatini rivojlantirishning ayni vaqti”, degan so‘zlarini “Anadolu Ajansı” iqtibos o‘rnida keltirgan.
“Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatning 50 yilligi bunga asos bo‘ladi. Ayni qadam ikki tomonning ham manfaatiga mos”, ta’kidladi Chavusho‘g‘li.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘zaro sheriklik rivoji uchun 40 dan ortiq kelishuv va memorandum imzolagan.
29 yanvarda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya xalqaro miqyosda o‘z pozitsiyasini mustahkamlayotganini aytgandi.