Turkiya AQSH – Xitoy savdo urushi oqibatini tahlil qilmoqda
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi o‘z mamlakatining ishlab chiqarish va logistika sohasidagi salohiyatini hisobga olgan holda, imkoniyatga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
– Bu jarayon endi tariflar bilan cheklanib qolmay, texnologik ustunlik, ishlab chiqarish zanjiri va global logistika markazlari uchun raqobatga ham aylanadi, – deb yozgan “Hurriyat” gazetasi Fidan so‘zlaridan iqtibos keltirib. – Jarayonni yaqindan kuzatib, savdo va g‘aznachilik idoralari bilan muvofiqlikda keng qamrovli tahlil o‘tkazyapmiz. Yevropaga yaqinligimiz va boshqa turli afzalliklarimiz nuqtai nazaridan ko‘plab G‘arb kompaniyalari o‘z ta’minot zanjirini Turkiyaga ko‘chirish haqida o‘ylayapti. Xususiy sektor va savdo maslahatchilari bilan ishlanmalarni aniq sarmoyaga aylantirish uchun hamkorlikda ishlayapmiz.