Turkiya Tashqi ishlar vazirligi AQSH Davlat departamentining inson huquqlari bo‘yicha tayyorlagan hisobotida Anqaraga nisbatan yolg‘on ma’lumotlar va asossiz da’volar bor deb hisoblaydi. Bu haqda Turkiya TIV bayonotiga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.
AQSH Davlat departamentining inson huquqlari bo‘yicha 2022 yilgi hisobotida o‘tgan yillarda bo‘lganidek, mamlakatimizga nisbatan yolg‘on ma’lumotlar, assosiz da’volar va noxolis sharhlar mavjud. Ularni qoralaymiz va butunlay rad etamiz. Mamlakatimiz va mintaqamiz xavfsizligi uchun qator terror tashkilotlariga qarshi xalqaro huquq va inson huquqlari doirasida qat’iy kurash olib borilmoqda. Bizning adolatli kurashimiz buzib ko‘rsatilganiga va bu hisobotda haqiqat aks ettirilmaganiga qo‘shilmaymiz, deyiladi bayonotda.
TIV hujjatida, shuningdek, “yana bir bor ta’kidlaymizki, siyosiy motivlar bilan aniq shakllantirilgan va xolislikdan yiroq ushbu hisobotni jiddiy qabul qilib bo‘lmaydi. Biz Qo‘shma Shtatlarni o‘zining inson huquqlari bo‘yicha holatiga e’tibor qaratishni taklif qilamiz”, deb qayd etiladi.
O‘zA