Turkiya: agar F-16 bo‘yicha muzokaralar ish bermasa muqobil variantlar bor
Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar agar AQSH bilan F-16 qiruvchi samolyotlari bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa yangi muqobil variantlar va qarorlar mavjud ekani haqida bayonot berdi.
Turkiya AQSHdan 40 dona F-16 qiruvchi samolyotini xarid qilmoqchi va o‘zining 80 ta samolyotini modernizatsiyalashni rejalashtirgan. AQSH prezidenti Jo Bayden kongressning Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishga ruxsat berishidan umid qilayotganini ta’kidlagan.
Biroq bir guruh kongressmenlar Turkiyaga F-16 samolyotlari sotilishiga qarshilik bildirilgan arizani imzolagan. Gretsiya ushbu savdoga faol qarshilik qilmoqda.
"Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanmasa, dunyoda muqobillari ko‘p. Yangi qarorlar qabul qilish ehtimoldan holi emas", - dedi Turkiya mudofaa vaziri.