Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya 2023 yil 1,5 million chet ellikni davolamoqchi
17:12 / 2022-06-10

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Istanbulda Qandilli Ilmiy, texnologik va tadqiqot markazining ochilishida ishtirok etib, mamlakat shifokorlari 2023 yil bir yarim million chet ellikni davolash niyatida ekanini aytdi.

Bundan keladigan daromad 10 milliard dollarni tashkil etadi. 

“Anadolu” axborot agentligi shu haqda xabar bergan.

- Tibbiyot turizmi Turkiya sayyohligi rivojida eng ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi, - ta’kidladi davlat rahbari.  Pandemiya davri milliy manfaat yo‘lida tibbiyot sohasi, ba’zan, mudofaa sanoatidan ham ustun ekanini ko‘rsatdi.

Turkiya keyingi yillarda mahalliy farmatsevtika va tibbiyot sanoatini rivojlantirishga jiddiy ahamiyat qaratmoqda.

                                       O‘zA