Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv
13:59 / 2021-10-22

Markaziy saylov komissiyasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibining o‘rinbosari Omer Kojaman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mexmonlarga O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi, Zayniddin Nizomxo‘jayev, O‘zbekiston va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi o‘zaro munosabatlari turli yo‘nalishlarda rivojlanib borayotgani, saylov sohasi ham bundan mustasno emasligini qayd etdi.  

Uchrashuvda Prezident saylovini o‘tkazishning turli bosqichlari va mexanizmlarini tartibga soluvchi Markaziy saylov komissiyasining 18 ta nizomi va yo‘riqnomalari qabul qilingani, Prezident saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi va 10 ming 760 ta saylov uchastkasi tashkil etilgani ta’kidlandi.

Hozirda xorijda yashayotgan saylovchilarning ham saylov huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda, xorijdagi elchixonalar va konsullik idoralari huzurida 37 ta davlatda 54 ta saylov uchastkalari, 149 ta shaharda 380 ta qo‘shimcha ko‘chma saylov uchastkalari, shu jumladan diplomatik vakolatxonalar bo‘lmagan 11 ta davlatda ham tashkil etildi.

Asosiy vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplar va huquqiy normalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda xalqaro kuzatuvchilarning saylovlarda ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning turli institutlariga saylovlarni kuzatish uchun taklifnomalar yuborilgani ma’lum qilindi.

Uchrashuvda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro kuzatuvchilar soni 969 tani tashkil etgani, bulardan 629 ta xalqaro tashkilotlardan, 340 tasi xorijiy davlatlardan ekanligi qayd etildi.  

Qayd etish joiz, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ekspertlari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.

 

Shahnoza Mamaturopova,  

O‘zA