FOTOREPORTAJ
Buxoro shahrida sog‘liqni saqlash tizimida muhim ahamiyat kasb etuvchi “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari: yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi anjuman hamda Turkiy dunyo mamlakatlari anesteziolog-reanimatologlarining I Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir nafaqat tibbiyot sohasidagi ilmiy hamkorlikning yangi bosqichini belgilab beradi, balki turkiy xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va ilm-fan aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
[gallery-25974]
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi vrachlar assotsiatsiyasi raisi, shoshilinch tibbiyot Yevroosiyo jamiyati raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor A. Hojiboyev kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning soha rivojidagi ahamiyati xususida so‘z yuritdi.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining fuqarolar sog‘ligini himoya qilish qo‘mitasi raisi A. Borisova so‘zga chiqib, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasi, ayniqsa shoshilinch tibbiy yordam tizimida olib borilayotgan islohotlar jarayoni, istiqboldagi rejalar va aholi sog‘ligini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarda erishilayotgan yutuqlar hamda yechimini kutayotgan masalalar xususida to‘xtaldi.
Konferensiyada ilmiy-amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, tadbir doirasida turk mamlakatlari anesteziolog-reanimatologlarining I Kongressi ishtirokchilari bilan hamkorlikda plenar majlislar, viloyatdagi tibbiyot muassasalarida konferensiya ma’ruzalari, yosh olimlar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA