Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlarning yoshlar va sport sohasidagi hamkorligi kengaymoqda
19:14 / 2025-10-17

Bugun Toshkentda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport sohasiga mas’ul vazirlarining to‘qqizinchi yig‘ilishining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Vengriya vakillari, shuningdek TDT rahbariyati ham ishtirok etgan tadbirda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Anjuman doirasida o‘zaro yoshlar siyosati va sport diplomatiyasini chuqurlashtirish, yoshlar imkoniyatini kengaytirish va sohaga doir amaliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar ilgari surildi.

Dishod Hakimov, O‘zA