Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlarning sport va yoshlar masalasidagi intilishlarida mushtaraklik mujassam
10:34 / 2025-10-17

Bugun, 17 oktyabr kuni poytaxtimiz Toshkentda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar yoshlar va sport masalalari bo‘yicha vazirlarining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan mazkur anjumanda ishtirok etish uchun bir qator mamlakatlarning sport va yoshlar sohasi mutasaddilari yurtimizga tashrif buyurdi.  

Xususan, kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kochetov, Ozarbayjon Respublikasi yoshlar va sport vaziri Farid Gaipov, Qirg‘iz Respublikasi jismoniy madaniyat va sport agentligi direktori Kazibek Moldajiyev hamda ushbu mamlakat madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vazir o‘rinbosari Marat Tagayev kutib olindi.  

Kun davomida o‘tkaziladigan anjuman davomida Turkiy davlatlarning rahbarlari ishtirokida imzolangan hamkorlik hujjatlaridagi vazifalar ijrosini tahlil etish, mushtarak maqsadlarni sport va yoshlar harakatiga integratsiyalash, mazkur yo‘nalishlarga oid o‘rnatilgan kelishuvlarni yangi bosqichga olib chiqish, yirik sport tadbirlari, shuningdek yoshlar uchun tizimli loyihalar tashkil etish, istiqbolli rejalarni hayotga tatbiq etish kabi muhim masalalar ko‘rib chiqilishi belgilangan.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA