Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi “Turkiy Agroforumi” o‘tkazilmoqda
10:46 / 2022-07-04

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi “Turkiy Agroforumi” bo‘lib o‘tmoqda.

Agroforum doirasida tashkilotga a’zo davlatlarning (Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Vengriya va Turkmaniston) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalari rahbarlari taklif etilgan. Bu o‘z navbatida kompaniyalar uchun “B2B” uchrashuvlar orqali yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik va kooperatsion aloqalarni o‘rnatish borasida qulay platforma hisoblanadi. 

Turkiy agroforum doirasida agrosanoat majmuasida iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni kengaytirish, jumladan, a’zo davlatlar va kuzatuvchilar o‘rtasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tovar ayirboshlash va sarmoyalarni safarbar etishga e’tibor qaratiladi. 

O‘zA