Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar tashkiloti — Yevroosiyodagi yangi geoiqtisodiy voqeliklar ta’sirida yuzaga kelgan mintaqaviy darajadagi yangi fenomen
11:32 / 2022-11-09

Koronavirus pandemiyasining global miqyosda tarqalishi, iqlim o‘zgarishi, yirik davlatlar (AQSH, Rossiya, Xitoy, Eron) o‘rtasidagi “sanksiyalar urushi”, ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar, oziq-ovqat mahsulotlari inqirozi bilan bog‘liq dunyo siyosati va iqtisodiyotidagi noaniqlik va notinchlik sharoitida dunyoda ob’ektiv tarzda mintaqaviylashuv tendensiyasi, mintaqaviy tashkilotlarning, jumladan, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) harakatlarida faollik ortib bormoqda.

TDT – ushbu global o‘zgarishlarning Yevroosiyodagi yangi geoiqtisodiy voqeliklar ta’sirida yuzaga kelgan mintaqaviy darajadagi yangi fenomeni. Bunday yangi tarixiy va geoiqtisodiy sharoitlarda Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi TDTga a’zo barcha davlatlarni ham o‘z ichiga olgan Markaziy Yevroosiyoda integratsiya harakatlarini kuchaytirishga kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi.

TDTning integratsiya jarayonlari, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, turizm, energetika, transport va tranzit hamda madaniy-gumanitar sohalarda faol rivojlanmoqda.

Transport, energetika va turizm sohalaridagi turli loyihalarni faollashtirilishi TDT doirasidagi yangi tendensiyaga aylanmoqda. Bu esa Tashkilotning iqtisodiy ahamiyatini birinchi o‘ringa olib chiqadi. TDTning "Turkiy nigoh – 2040" rivojlanish strategiyasi iqtisodiy yo‘nalishida mamlakatlar o‘rtasida to‘siqsiz tovar almashinuvini ta’minlaydigan erkin savdo zonasini yaratish strategik maqsad sifatida belgilangan.

TDTning BMT Nizomi maqsad va tamoyillariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa tamoyillari va normalariga, shu jumladan suveren tenglik, hududiy yaxlitlik va xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarning daxlsizligi, ichki ishlarga aralashmaslik, uning ochiqligi hamda uchinchi davlatlar va tashkilotlarga qarshi yo‘naltirilmaganligi bois ushbu Tashkilot barcha a’zolar uchun ishonchli va jozibador bo‘lib qolmoqda.