Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar tashkiloti -  Yevroosiyodagi xalqaro munosabatlar arxitekturasida yangicha omil sifatida
21:35 / 2022-11-10

2021 yilda Turkiy davlatlar tashkiloti deya yangi nom olgan Turkiy tilli mamlakatlar birlashmasi yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Uning nafaqat nomi, tarkibi va tuzilishi o‘zgarmoqda, balki  tashkilotning xalqaro maydondagi  nufuzi, jozibadorligi ham oshmoqda. Bu ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.

Birinchidan, mamlakatimizning ochiq, yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan siyosati tufayli turkiy davlatlar, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida hamda ularning Turkiya bilan munosabatlarida do‘stona muhit shakllandi. Bu holat TDT ni fol rivojlantirish uchun nihoyatda qulay sharoitlarni yaratdi. 2019 yilda O‘zbekiston TDT ga qo‘shilishi hamda Tashkilot faoliyatidagi faol ishtirok etishi bilan u yangicha xalqaro mavqega ega bo‘ldi va uning nufuzini sezilarli darajada oshirdi. 

Ikkinchidan, so‘nggi yillarda Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi natijasida  Yevroosiyo mamlakatlarida TDT  faoliyatiga qo‘shilish shartlari  yaxshilandi.

Masalan, Turkiya Prezidenti R. Erdog‘anning  SHHT sammitiga taklif etilgani,  Rossiya Federatsiyasi va Turkiyaning TDT  sammitida qayta  uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatini ma’lum qilgani ham buning dalilidir. Rossiya Prezidenti TDT sammitiga  mehmon sifatida taklif etilmagan, biroq  Turkiya rahbarining fikricha, uning turkiy davlatlar uchrashuvida  qatnashishi ehtimoli mavjud.  

Uchinchidan, Vengriyaning TDT da faol ishtirok etishi  ushbu Tashkilotga yevropacha ruh bag‘ishlaydi. Bu TDT ning nafaqat Kavkaz va Markaziy Osiyoga yo‘naltirilganini, balki Sharq va G‘arbni, nasroniylar va musulmonlarni bog‘lovchi tuzilma vazifasini bajarishini  ko‘rsatadi. Vengriya TDT da kuzatuvchi maqomda bo‘lishiga qaramay,  boshqa davlatlar bilan teng ravishda faoliyat yuritmoqda, nafaqat barcha sammitlarda, shuningdek Tashkilotning barcha loyiha va dasturlarida ham qatnashmoqda. 2019 yildan buyon Vengriya hukumati  Budapeshtdagi Turkiy kengashning Yevropa ofisini moliyalashtirib kelmoqda, shuningdek, umumturkiy Investitsiya fondiga o‘z hissasini qo‘shishga ham tayyorligini bildirmoqda. 

To‘rtinchidan, Tashkilotning iqtisodiy komponenti kuchaymoqda. Tashkilotga a’zo davlatlarning umumiy yalpi ichki mahsuloti 1,2 trln. dollardan oshdi. TDT mamlakatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasi qariyb 1 trln dollarni tashkil etadi va jahon savdo hajmining 1,5 foizi ushbu davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

 TDT ning umumiy aholisi soni 170 mln kishidan iborat ulkan ichki bozorni ifodalaydi, 25 yil dan so‘ng bu ko‘rsatgich 200 mln kishidan oshadi.

Bu raqamlar Tashkilotning ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. TDT doirasida savdo, transport, energetika va turizm sohalarida  ko‘plab shartnomalar qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Samarqand  sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan qator qarorlar Tashkilot faoliyatiga  yangicha, yanada  ulkan iqtisodiy tus beradi. 

Beshinchidan, Turkiyani Ozarbayjon bilan bevosita bog‘lovchi Zangizo‘r yo‘lagining tiklash imkoniyati hamda Transkaspiy transport yo‘nalishlari loyihalarining faollashtirilishi G‘arb va Sharq o‘rtasidagi  muhim transport tranzit xabi sifatida TDT makonining ahamiyatini oshiradi.

TDT mamlakatlarining bu roli Xitoyni Yevropa bilan bog‘lovchi “O‘rta yo‘lakning” barcha asosiy yo‘nalishlari mavjudligi bilan kuchayadi. 

Oltinchidan, Yevroosiyodagi boshqa faol mintaqaviy tashkilotlardan farqli o‘laroq, TDT G‘arb va Sharq o‘rtasida antogonistik kun tartibini yaratmaydi. Aksincha, ikkita NATO/YeI davlati va yana ikkita KXSHT (Kolektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti)/YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) ga a’zo mamlakatlarga  ega bo‘lgan Tashkilot muayyan manfaatlar muvozanatini yaratadi.

Ichki nizolarning, xususan a’zo davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning yo‘qligi ham TDT ni  Yevroosiyoda faoliyat yuritayogan boshqa mintaqaviy tashkilotlardan ajratib turuvchi yana bir omildir. 

Yevroosiyo tashkilotlarining hech biri (SHHT, MDH, KXSHT, YeOII) Yevropada o‘z vakolatxonasiga va YeI bozoriga kirish imkoniga ega emas. TDT  da esa, bir paytning o‘zida ikki davlat – Turkiya va Vengriya Yevropa Ittifoqi Bojxona birlashmasida ishtirok etadi va  Yevropa standartlarining tashuvchilari hisoblanadi.

TDT ning Yevropa bilan bog‘liqligi madaniy-gumantar sohada ham o‘z aksini topgan. 2019-2020  yillarda Xiva shahri Yevropada  Turkiy olam poytaxti deb ko‘rsatilgan. TURKSOY yoshlar kamerali xori Yevropa xor o‘yinlarining uch karra oltin sovrindori hisoblanadi. 

Umuman olganda, TDT ning tashkil topishi  turk olamida va xalqaro maydondagi jadal o‘zgarishlar kuzatilayotgan geosiyosiy sharoitda sodir bo‘lmoqda.

TDT  nafaqat Markaziy Osiyoda nufuzi ortib borayotgan istiqbolli birlashma, balki xalqaro munosabatlarning muhim bo‘g‘iniga aylanayotgan mintaqaviy tuzilma sifatidagi obro‘yi ham  kuchayib bormoqda. 

Tashkilot a’zo davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish uchun  samarali submintaqaviy  mexanizmga aylanmoqda. 

TDT ning jadal kengayib borishi Yevroosiyoda uning ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi (2018 yildan boshlab kuzatuvchi sifatida – Vengriya, 2019 yilda – O‘zbekiston, 2021 yilda – Turkmaniston). So‘nggi yillarda ko‘plab davlatlar, xususan, Janubiy Koreya, Eron, Afg‘oniston, Ukraina kabi bir qator mamlakatlar TDT bilan u yoki bu shaklda aloqalar o‘rnatishga qiziqish bildirdi. 

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari TDT ning harakatlantiruvchi kuchi va “geografik yadrosi”ga aylanib bormoqda. Qozog‘iston tashabbusi bilan va O‘zbekiston ko‘magida birlashma nomini o‘zgartirish, “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan  tashkilot strategiyasi” va “2040 yilgacha bo‘lgan davrda Turk olamining konsepsiyai” ni ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekistonning “Yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy hamkorlik strategisi” to‘g‘risidagi muhim qarorlari Markaziy TDT ning uzoq muddatli faoliyatini belgilashda Osiyo mamlakatlarining roli ortib boryotganidan dalolat beradi. 

Ushbu tashabbuslar mintaqadagi asosiy davlatlar TDT  foliyatining yetakchi ishtirokchilari ekanini ko‘rsatadi. Turkistonning “Turk olamining ma’naviy poytaxti”,  Samarqandning “Turk sivilizatsiyasi poytaxti” deb e’lon qilinishi  Markaziy Osiyoning  TDT makonidagi alohida rolini mustahkamlaydi. 

Yuqoridagilarni hisobga olib,  TDT da ishtirok etuvchi mintaqa davlatlari uchun  quyidagi  takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiqdir:

- TDT dagi hamkorlikni faol rivojlanishtirish, mintaqadagi boshqa nufuzli hamkor davlatlar tomonidan salbiy munosabatlarni keltirib chiqarmaslik uchun Turkiy olamda yopiq blok shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

- Anqara bilan munosabatlarda mustaqil va bloksiz pozitsiyani saqlagan holda,  Turkiya bilan  strategik sheriklikni mustahkamlash, uning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va innovatsion-texnologik  salohiyatidan maksimal darajada foydalanish;

- Markaziy Osiyoni Tashkilotning “asosiy o‘qi” sifatida saqlab qolish borasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirish, bu mintaqa davlatlarining  TDT dagi umumiy  ta’sirini oshiradi.  

 

Shuhratjon Yigitaliyev, 

mustaqil sharhlovchi.