Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar tashkiloti TIVKning navbatdan tashqari yig‘ilishi to‘g‘risida
16:15 / 2022-01-11

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.

Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Qozog‘istondagi mavjud vaziyatni muhokama qildilar.

Tashkilot a’zolarining Qozog‘iston xalqi va rahbariyatini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi ta’kidlandi. Tez orada mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga ishonch bildirildi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

 

Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati