O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Davlatimiz rahbari u yerda Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.
Shu o‘rinda ushbu tashkilot haqida ikki og‘iz so‘z yuritamiz.
U, avvalo, iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Turkiy davlatlar o‘zaro savdoni ko‘paytirsa, yangi bozorlar ochiladi. Natijada ish o‘rinlari ko‘payadi, mahsulotlar narxida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi.
Shuningdek, o‘zaro hamkorlik ortidan transport-logistika tizimi yaxshilanadi. Bu ham iqtisod, ham madaniy aloqalar o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Aslida, turkiy xalqlar bir-biriga yaqin. Bu tashkilot esa davlatlarni yanada yaqinlashtirmoqda.
Eng muhim jihatlardan biri siyosat. Turkiy davlatlar hamfikr bo‘lar ekan, ularning ovozi dunyoda salmoqli kuchga aylanadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Slkiayu-xe4" title="Turkiy davlatlar tashkiloti bizga nima beradi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ikrom AVVALBOEV,
Yoqubjon MELIBOEV, Iskandar ISMATOV(video), O‘zA