French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ochib beradi
18:01 / 2022-11-10

Turkiy davlatlar hamkorligida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki turkiy davlatlar iqtisodiyotining modernizatsiya qilinishi, uning tarkibini yangilab borishi moliyaviy sarmoyalar kiritilishini talab etadi. Iqtisodiyotga yangi texnologiyalarni kiritish, zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilishini kengaytirish uchun investitsiyalar jalb etilishi hozirgi zamon iqtisodiy hamkorligining asosiy shartlaridan biridir.

Bu borada iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari Rustam Hasanov qanday fikrda?  

– Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitida turkiy davlatlarning o‘zaro aloqalarida sarmoyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish maqsadida Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etilishi alohida ahamiyat kasb etadi, – deydi R.Hasanov. – Shu nuqtai nazardan tashkilotga a’zo davlatlarning iqtisodiyot va savdo vazirlari tegishli bitimni imzoladi. Jamg‘arma savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga zamin yaratadi va o‘zaro investitsiyaviy hamkorlikka yangicha tus beradi. Ayni paytda «Savdoga ko‘maklashish strategiyasi»ning qabul qilinishi tashkilot mamlakatlarida savdodagi miqdoriy cheklovlar hamda notarif choralarni bartaraf etilishiga sharoit yaratib beradi. Chunki, savdo-iqtisodiy munosabatlarning barqarorligini ta’minlash turkiy davlatlar hamkorligining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada transport yo‘laklari, bojxona-chegara o‘tkazish punktlari va logistika markazlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlashda a’zo va kuzatuvchi davlatlarning birdamligi, mavjud sharoitlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi o‘zaro savdo erkinligi, iqtisodiy munosabatlarda liberallikning ta’minlanishi, savdodagi nomuvofiqliklarning bartaraf etilishiga ko‘maklashadi hamda bojxona xizmatlari va ta’riflar tizimini muvofiqlashtirish imkonini beradi.  

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va xavfsizlik sohalarini rivojlantirishni qamrab olgan mazkur hujjatni ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Investitsiya jamg‘armasining tashkil etilishi turkiy davlatlar hamkorligining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Birinchidan, tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishning eng samarali yo‘llarini aniqlash, investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari belgilash.  

Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va manfaatlar uyg‘unligi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishning eng samarali yo‘llarini aniqlash, jumladan, savdo, sarmoya, transport sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirish va ko‘p tomonlama munosabatlarning boshqa mexanizmlarini qo‘llash.  

Uchinchidan, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilash, jumladan, transport yo‘laklari, bojxona va chegara o‘tkazish punktlari va logistika markazlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha yagona yondashuvini amaliyotga joriy etish.  

To‘rtinchidan, iqtisodiyotga innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma rejalar, yagona elektron platformani ishga tushirish, jumladan, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirishda raqamlashtirish va elektron hukumat tizimini joriy etish darajasini o‘rganish va baholash bo‘yicha investitsiyalarni muvofiqlashtirish mumkin bo‘ladi.  

TDT Iqtisodiyot va savdo vazirlari 11-yig‘ilishi doirasida kelishib olingan «Turkiy davlatlar savdo hamkorligi ilmiy-tadqiqot markazi» va «Muhandislik va texnologiyalar markazi»ni tashkil etish turkiy davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashni ta’minlaydigan rasmiy ho‘jjat qabul qilinishi manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish muhimligi belgilab beradi.  

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda investorlar uchun qulay muhit yaratilgan, ya’ni investorlar huquqlari qonun bilan himoyalanishi bo‘yicha amaliy tizim ishlab turibdi. Natijada 2017 yildan boshlab ($3,3 mlrd.) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 barobarga oshdi ($8,6 mlrd.).  

Masalan, 8 mingdan ortiq tovar turlariga import bojlari kamaytirilib, biznesga oid har xil turdagi 70 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomalar berilishi bekor qilindi.  

Investitsiya jamg‘armasi doirasida qulay investitsion muhitni barpo etish, zaruriy normativ-huquqiy bazani takomillashtirish investitsion hamkorlikning yangi imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.  

 O‘zA