Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
18:07 / 2025-04-18

Turkiyaning Izmir shahrida 11-12 aprel kunlari turkiy tilli davlatlar vakillari ishtirokida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iz Respublikalari Ichki ishlar vazirliklari tasarrufidagi ta’lim muassasalari vakillari, ekspert va olimlar, mutaxassislar qatnashdi. 

Anjumanda dunyoda kechayotgan geosiyosiy o‘zgarishlar fonida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish, ko‘p asrlik aloqalar, umumiy qadriyatlar va strategik manfaatlar asosida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Ishtirokchilar turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi aloqalar izchil ravnaq topayotgan hozirgi sharoitda ta’lim sohasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlashning ilg‘or yondashuvlarini amaliyotga joriy qilish, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

Simpozium doirasida hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Dolzarb mavzuda ma’ruzalar tinglanib, turdosh oliy ta’lim muassasalari, xususan, IIV akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan milliy tajribalar taqdimot qilindi. Shu bilan birga, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Anjuman ishtirokchilari xalqaro simpozium ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lganini e’tirof etib, Turkiy davlatlar politsiya akademiyalari platformasi – “TÜRKPAP”ni ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati