Turkiy davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari Samarqandda
Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi va Turkiy dunyo tibbiyot kongressi boshlandi.
Unda tashkilotga a’zo sog‘liqni saqlash vazirlaridan tashqari Tatariston sog‘liqni saqlash vaziri ham ishtirok etmoqda. Kongressda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Quvonchbek Omuraliyev, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri A. Inoyatov so‘zga chiqib, mehmonlarni qutladi. Kongress davom etmoqda.
G‘. Hasanov,
O‘zA