Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar parlamentlarining xavfsizlik sohasidagi hamkorligi
11:32 / 2025-04-18

Bugungi kunda dunyo sahnasida bo‘y ko‘rsatayotgan turli tahlikali vaziyatlarda mintaqamizda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Bu borada parlamentlar hamkorligini mustahkamlash davlatlar o‘rtasidagi manfaatli aloqalar rivojiga asos bo‘ladi.

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar parlamentlarining mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitalari raislarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi (TurkPA) taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi ham ushbu yig‘ilishda ishtirok etdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Xabarda qayd etilganidek, mazkur tadbirda turkiy davlatlar o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy tahdid va xavflarga qarshi kurashishda parlamentlar hamkorligini rivojlantirish orqali birdamlikni ta’minlash, bu borada o‘zaro manfaatli va samarali yondashuvlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Parlamentlar vakillari mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xavfsizlikka tahdid soluvchi omillarga qarshi birgalikdagi harakatlarni yanada kuchaytirish, umumiy qadriyatlar, tarixiy aloqalar va strategik manfaatlar asosida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Mazkur yig‘ilish turkiy davlatlar o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy-huquqiy, mudofaa va xavfsizlik sohalaridagi hamjihatlikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.  

M.Komilova, O‘zA