Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar OAV va turoperatorlari uchun media-tur tashkil etildi
10:36 / 2023-07-13

Xabaringiz bor, shu kunlarda Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Anjuman doirasida Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TurkSOY)ga a’zo Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari ommaviy axborot vositalari vakillari, sayyohlik kompaniyalari xodimlari va gidlar ishtirokida Farg‘ona viloyati bo‘ylab media-tur tashkil etildi.  

Tadbir davomida Turkiyaning “TRT”, “TRT Avaz” telekanallari hamda “Anadolu” axborot agentligi, Qozog‘istonning “Xaber-24” va “Atameken” telekanallari, Qirg‘izistonning “Alyans press” va “Kaber” internet nashrlari ijodkorlari tomonidan mamlakatimizning tarixiy maskanlari, sayyohlik markazlari haqida mediakontentlar, Farg‘ona vodiysi haqida qiziqarli materiallar tayyorlandi.

Mehmonlar dastlab Qo‘qon shahrida joylashgan Xudoyorxon o‘rdasi, XVIII asrda qurilgan tarixiy jome masjidi hamda Norbo‘tabek masjidi bilan tanishdi. Shundan so‘ng millatimizning o‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblangan hunarmandlik, jumladan, yog‘och o‘ymakorligi, ipak mato to‘qish va kulolchilik markazlarida bo‘lishdi.

Xalqaro media-tur ishtirokchilari tayyorlayotgan ushbu mahsulotlar mamlakatimizga qardosh mamlakatlardan kirib keluvchi sayyohlar sonini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

 

O‘zA