Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Turkiy adabiyotlar durdonalari” taqdim etildi
18:14 / 2023-08-17

FOTOREPORTAJ

Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari hamda viloyat Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jildlik kitoblar turkumining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston Yozuvchilar hamda Jurnalistlar uyushmalari viloyat bo‘limlari raislari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, harbiy qism xizmatchilari, jurnalistlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Otabek Aslonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi mutaxassisi Jamshid Bo‘ronov, shoira O‘raloy Turdiyeva, jurnalist Jamoliddin Ahtamov, viloyat Axborot-kutubxona markazi direktori Ramazon Rajabov so‘zga chiqib, “Turkiy adabiyotlar durdonalari – bebaho xazina”, “Turkiy adabiyotlarning muhtasham chamani” mavzularida ma’ruza qildi. Ular viloyat Axborot-kutubxona markaziga keltirilgan yangi turkum kitoblarga kiritilgan ulug‘ allomalar hayoti, ijodiy faoliyati, ularning adabiy merosini saqlab qolish va bu adabiy xazinani avlodlarga yetkazish haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

 [gallery-13149]

–Ushbu adabiy xazina nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun turkiy tilli davlatlar orasida ilk bor ro‘yobga chiqarilgan yirik adabiy loyihaning amaliy ifodasidir, - dedi Abdulla Qodiriy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi direktori o‘rinbosari Shamsiya Baqoyeva. – Shuningdek, bu kitoblarning chop etilishi yurtimizda adabiyotga, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan katta e’tibor namunasidir. Mazkur kitoblar jamlanmasiga umumturkiy adabiyotning eng sara namunalari, o‘zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman, venger adabiyotining atoqli adib, shoir va mutafakkirlari asarlari kiritilgani kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Tadbir davomida mazkur kitoblarni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularni boy tarixiy merosimiz namunalari sifatida doimiy o‘rganib borish lozimligi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA