Turkistonning parchalanishi va sovet respublikalarining tashkil etilishi
Alisher Xudoyberdiyevich JALILOV tayanch doktorant Navoiy davlat universiteti Navoiy, Oʻzbekiston https://orcid.org/0009-0002-5821-7619 jalilov-1982@bk.ru
Annotatsiya
Maqola bolsheviklar tomonidan Turkistonning parchalanishi va sovet respublikalarining tashkil etilishi masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu sovet respublikalari Markaz tomonidan xo‘jalik imkoniyatlariga qarab ma’lum shirkatlarga birlashtirilganligi hamda ular Sovet Ittifoqining xomashyo bazalariga aylantirilganligi chuqur tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar: milliy-hududiy chegaralanish, bolshevik, millatchi, aksilinqilobchi, sinfiy chet unsurlar, shovinzm, sovet, o‘zbek siyosiy elitasi, mahalliy rahbar kadrlar.