Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkistonliklar o‘z mahalla binosiga ega bo‘ldi
13:36 / 2026-01-30

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilingan 2026 yilning dastlabki oyidanoq mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Namangan viloyatida bugungi kunda mavjud 754 mahalla fuqarolar yig‘ining 64 tasi To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan bo‘lib, ularning ellikdan ortig‘i o‘z zamonaviy binolariga ega. 

Qayd etish joiz, tumandagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari uzoq yillardan beri turli joylarda, yetarli bo‘lmagan sharoitlarda ishlashdi. Nihoyat, o‘tgan yili kuzda ularga ham bino uchun maydon tanlandi. Tuman hokimligi va homiy tashkilotlarning 400 million so‘m mablag‘i evaziga 10 ta xonadan iborat imorat qisqa muddatda sifatli tarzda qurib bitkazildi. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan guzar binosining tantanali foydalanishga topshirish marosimida qatnashgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mahallalarning jamiyatdagi o‘rni rivojlanib borayotganligi, ularga yetarli shart-sharoitlar hozirlash lozimligini ta’kidladi.

[gallery-27379]

Mazkur binoda “mahalla yettiligi”ning samarali faoliyati uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Joriy yil avvalida yangi inshoot mahalla faollari uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Shu joyning o‘zida viloyat rahbari aholi vakillari, nuroniylar va “mahalla yettiligi” bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.