Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkistonda milliy ozodlik harakatlari tarixiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
14:51 / 2022-09-27

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Turkistonda milliy ozodlik harakatlari tarixi” nomli xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda Tarix instituti direktori, professor Azamat Ziyo, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov va boshqalar Qahramon Rajabovning faoliyati, sohaga qo‘shgan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. 

Anjumanning asosiy qismida O‘zbekiston va xorij olimlarining ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, turkiyalik professorlar Temur Xo‘ja, Ahad Andijon, qozog‘istonlik olim Hazratali Tursunlarning Buxoro amirligining ag‘darilishi, Turkiston istiqlolchilik harakatlari va qo‘rboshilar taqdiri, bolsheviklarning ocharchilik va qatag‘on siyosatiga doir bir-biridan qiziq va yangi ma’lumotlarga boy ma’ruzalar ham tinglandi. 

Tadbirning badiiy qismida Qaramon Rajabovning hamkasblari, do‘stlari olim bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdi. 
 

D.Mamatova,  
O‘zA muxbiri