Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkistonda millatparvarlik masalasi (+video)
09:13 / 2025-09-07

Rus amaldorlaridan biri tatar A.Divayea shunday yozgan edi: "Bu halqlar juda boy madaniyatga ega, bu madaniyatni o‘rganish biz uchun juda ham og‘ir. Biroq biz bu madaniyatni o‘rganishga majburmiz, chunki bundan buyon bu halqlarni biz boshqaramiz".

Turkiston mustamlakaga aylantirilgach, Rossiya o‘zining asosiy maqsadi etib eng avvalo halqlarimizda milliy davlatchilik tuyg‘ularini yo‘q qilish etib belgiladi. Bunda hamma sohada rus millatchilik shovinizmini qaror toptirish ko‘zlandi.  

Turkistonda barcha rus amaldorlari, ziyolilari o‘lkada buyuk rus davlatchilik g‘oyalarini amalga oshirishga kirishdilar. Turkistonda siyosiy, iqtisodiy va milliy ma’naviy zulm nihoyatda kuchaydi.

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida falsafa fanlari doktori, professor Shahnoza Madayeva Turkiston jadidchiligida "millatchilik masalasi" haqida batafsil ma’lumot beradi.

<iframe width="798" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/gF49Ffv0nd0" title="Turkistonda — &quot;millatchilik masalasi&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA