“Turkiston muxtoriyati milliy matbuotda" kitobi taqdimoti o‘tkazildi (+video)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Fanlar akademiyasi qoshidagi Tarix instituti tomonidan chop etilgan "Turkiston muxtoriyati milliy matbuotda" kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugunga qadar milliy matbuotdagi 80 dan ortiq maqolalar va xabarlar Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo va institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilnoza Jamolova tomonidan tahrir qilinib, izohlari tayyorlandi.
Ushbu hujjatlar to‘plami Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi, faoliyati va tugatilishiga oid chiqishlar, esdaliklar, she’rlar va xabarlar tahlil qilish va e’lon qilishga bag‘ishlangan hamda muxtoriyatning tug‘ilishi jarayoni, yetakchilari, hukumat va boshqa idoralari tarkibi, ichki kelishmovchiliklar, turli illatlar, Sovet hokimiyatining nayranglari va oqibatlari kabi masalalarni o‘rganishda katta ilmiy ahamiyat kasb etadi.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/0s_MyrwAbBs?si=sYXXaYFFgcpwCxfm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov, O‘zA