Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkish Airlines ning Buxoroga ilk parvozi amalga oshirildi
19:17 / 2022-06-07

O‘zbekistonning tarixiy shahri Turkiya aviakompaniyasi parvozlarida 339-yo‘nalish bo‘ldi.

TK266 raqamli parvozni amalga oshirgan Airbus A321neo samolyoti Buxoro aeroportida o‘ziga xos kutib olindi va ramziy qizil tasma kesildi.

"Anadolu" axborot agentligining xabariga ko‘ra, havo bandargohida tashkil etilgan tantanali tadbirda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar so‘zga chiqib, “Istambul-Buxoro” yo‘nalishida qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganidan dalolat ekanini ta’kidladi.

"Anadolu" axborot agentligi materiallari asosida Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA