Turk havo yo‘llari Rossiya fuqarolari uchun chiptalar sotishda hech qanday cheklov kiritmagan. Bu haqda juma kuni TASS muxbiriga turk aviatashuvchisi vakili ma’lum qildi.
"Ayni paytda bizda bunday cheklovlar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Rossiya fuqarolari bizning rasmiy saytimiz orqali istalgan manzilga aviachipta berishlari yoki ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshirishlari mumkin", - dedi agentlik manbasi.
Avvalroq Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi aviakompaniyaning chipta agentliklariga bergan bayonotiga tayanib, Turk havo yo‘llari Rossiyaning Visa va Mastercard tizimlari bilan kartalari bloklangani sababli rossiyaliklarga chiptalar sotishni to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgandi.
ATOR ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya rossiyaliklarga istalgan yo‘nalish bo‘yicha chiptalar berishga ruxsat beradi, biroq ularning barchasi Rossiyada boshlanishi yoki tugashi shart. Shuningdek, Rossiyadan Turkiyaga va teskari yo‘nalishdagi barcha reyslar o‘zgarishsiz qolishi qayd etildi.
Shu bilan birga, juma kuni Turkiyaning Pegasus Airlines aviakompaniyasi 13-27 mart kunlari Rossiyaga parvozlarini Yevropa Ittifoqining tegishli qoidalaridan kelib chiqqan samolyot sug‘urtasi bilan bog‘liq muammolar tufayli bekor qilganini ma’lum qildi.