Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizmni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik
15:15 / 2026-03-03

Yaponiyaning Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi departamenti direktori Yamauchi Kazuya boshchiligidagi delegatsiya ko‘hna va boqiy Buxoroda bo‘ldi.

Mehmonlar viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yaponiyalik delegatsiya a’zolari Buxoro shahrining boy tarixiy merosi, betakror me’moriy obidalari va mehmondo‘st muhiti ularda katta taassurot qoldirganini ta’kidlashdi. Shuningdek, tomonlar turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa. sohani raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar davomida Yaponiya tomonidan turizmni raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar uchun grant mablag‘lari ajratish imkoniyatlari, sohada innovatsion yechimlarni joriy etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, yangi startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha fikrlashildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi. Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar bildirildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri