Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizmda xizmat turlari va sifati oshirilmoqda
16:55 / 2022-07-19

Buxoroning sayyohlik salohiyati yuqori bo‘lib, tarixiy qadamjolari mahalliy va xorijiy turistlarni hamisha o‘ziga jalb etadi.

Viloyatda ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali turizm xizmatlari hajmini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Turizm biznesi bo‘yicha 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida 21 ta yangi katta-kichik joylashtirish vositalari (179 ta xona, 432 ta o‘rin) ishga tushishi hisobiga ularning umumiy soni 430 taga (4725 ta xona, 10862 ta o‘rin) yetdi.

Bunda yirik mehmonxonalar 171 taga (3533 ta xona, 7390 ta o‘rin), oilaviy mehmon uylari 203 taga (710 ta xona, 1893 ta o‘rin), hostellar 54 taga (448 ta xona, 1518 ta o‘rin) va motellar 1 taga (29 ta xona, 51 ta o‘rin), kvartiralar  2 taga (5 ta xona, 10 ta o‘rin) yetkazildi.

Shuningdek, turoperatorlar 121 taga, gid-ekskursovodlar 252 taga, sayyohlar uchun restoranlar yuztaga, turistik avtobus va mikroavtobuslar 281 taga, turizm yo‘l ko‘rsatkichlari 130 taga, turizm axborot markazlari 26 taga yetib, xizmat sifati oshmoqda.

Shuningdek, 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyatida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm dasturi doirasida 1,3 million nafar mahalliy sayyoh jalb etildi.  

Sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning xilma-xilligini ta’minlash orqali viloyatga tashrif davomiyligini uzaytirish mumkin. Birgina misol, Buxoro shahridagi 17 ta mehmonxona va restoranning tom qismida ochiq terrasaga ega 1 ming 550 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan ovqatlanish shoxobchasi tashkil qilingan. Bu yangicha yo‘nalishga mahalliy va xorijiy sayyohlar yuqori qiziqish bildirdi.

Bundan tashqari, Buxoro shahridagi yangi qurilayotgan 4 ta mehmonxonaning tom qismida umumiy ovqatlanish uchun mo‘ljallangan 340 o‘rinli ochiq terrasa tashkil etiladi.

Natijada Buxoro shahrida joriy yilda umumiy ovqatlanish, gastronomik turizm xizmatlarini tashkil etish hisobiga xizmatlar hajmi yillik 33 milliard so‘mga oshishiga erishiladi.

Viloyat hokimining qaroriga asosan mehmonxona, savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan 6 ta (Romitan tuman 4 ta “Marziya”, “Samosiy”, “Azizon”, “Xosa" va Kogon tumani 2 ta “Niyoz Hoji”, “Choloki”) turizm hududlari tanlandi. 2022 yil 19 aprel sanasida Xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Bundan tashqari, turizm hududlarini rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilari va tegishli mutasaddilar bilan birgalikda har bir hududning yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.

Yo‘l xaritalarga asosan turizm hududlarida umumiy qiymati 75,5 milliard so‘mga teng 24 ta loyiha, jumladan, hostel va chodirli oromgohlar, mehmonxona, restoran, hunarmandchilik markazlari, sun’iy suzish havzalari kabi loyihalarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirildi.

Viloyatdagi barcha tuman va shaharlarning markaziy ko‘chalarini (13 ta ko‘cha) savdo, ko‘ngilochar, gastronomik, turizm va san’at yo‘nalishlarida ixtisoslashgan maxsus savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantirish belgilangan, mazkur ko‘chalarda amalga oshiriladigan 626 ta loyiha manzilli ro‘yxati shakllantirilgan.

Ushbu ko‘chalardagi 15 km yo‘llar ta’mirlandi. 793 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. 25 km piyodalar yo‘lagi qurildi. bugungi kunga qadar 244 ta xizmat ko‘rsatish ob’ekti tashkil etilib, 594 ta ish o‘rni yaratilgan.

[gallery-7962]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA