Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizmda ta’lim masalalari ko‘rgazmada muhokama qilindi (+video)
19:38 / 2025-10-23

“HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida ta’lim forumi o‘tkazildi. Ma’lumot o‘rnida, soha uchun yillik kadr yetkazish hajmi o‘rtacha 2800 nafardan 3800 nafarga oshdi. Ta’lim dasturlari ish beruvchilar talablariga moslashtirildi.

Dual ta’lim evaziga talabalar o‘quv davridayoq ish bilan ta’minlanmoqda. Oliygohlarda turizmni rivojlantirishga oid 13.5 milliard so‘mlik 14 ta innovatsion ishlanmalar yaratildi. Tadbirkorlar uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash bo‘yicha imtiyozlar berildi.

Ushbu ko‘rgazma O‘zbekistonda sohaga oid muhim g‘oyalar, ta’lim hamda mehmonxona biznesini rivojlantirishda muhim rol o‘naydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GPQUzLB-V9M" title="Turizmda ta’lim masalalari ko‘rgazmada muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davranov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA