English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm va sport vaziri kubogi sovrindorlari taqdirlandi
11:12 / 2021-11-30

Yurtimizda talaba-yoshlar o‘rtasida sportning olimpiya va milliy turlarini rivojlantirish orqali ularning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos sharoitlar yaratish, irodasi, o‘z kuchi va imkoniyatiga bo‘lgan ishonch, mardlik, vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirishga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasining o‘tkazilishi mazkur sa’y-harakatlarni yanada jonlantirish, belgilangan vazifalarning amaliy darajasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.

Mazkur sport musobaqasining final bosqichiga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mezbonlik qildi. Mamlakatimizning ikki ming nafarga yaqin talaba-yoshlarini qamrab olgan bellashuvlar badminton, futbol, shaxmat, armrestling, kvest sport turlari bo‘yicha tashkil etildi.

Murosasiz bellashuvlarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Urganch, Farg‘ona, Buxoro, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq, Qarshi, Termiz davlat universitetlari, Chirchiq davlat pedagogika instituti, shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari alohida ajralib turdi va haqli ravishda sovrinli o‘rinlarni egalladi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.

“Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasi yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA