Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning bir haftalik faoliyati qoniqarli o‘tdimi?
10:57 / 2022-02-06

O‘zA KUZATUVI: O‘zbekiston amaldorlari hafta davomida qanday ishlar bilan shug‘ullandi?

Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov o‘tgan hafta davomida qanday ishlar bilan band bo‘ldi?

Hozirgi kunda amaldorlar qanday ishlarni amalga oshirayotganini bevosita ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib turamiz. Turizm va sport vazirligi rasmiy sayti va telegram kanalida e’lon qilib borilgan ma’lumotlarga tayangan holda A.Abduhakimovning haftalik faoliyatiga nazar soldik.

🔻1 fevral haftaning birinchi kunida vazir Bo‘stonliq tumanini kompleks rivojlantirish loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etgan. Mazkur matbuot anjumanini aynan vazirimizning o‘zi ochib bergan. Chunki Aziz Abduhakimov ayni damda "Chorvoq" TRZ direksiyasi direktori ham hisoblanadi.

🔻3 fevral kuni Turizm va sport vazirligida mamlakatimizda shaxmat sportini yanada ommalashtirish va rivojlantirish, shaxmat maktablari faoliyatini kuchaytirish va xalqaro grossmeysterlar safini oshirish hamda shaxmatni yurtimizda eng ommaviy sport turiga aylantirishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil qilingan. Unda Shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov o‘z nutqi bilan ishtirok etgan.

🔻4 fevral kuni Turizm va sport  vazirining yangi o‘rinbosarlari rasman ishga kirishish munosabati bilan  yig‘ilish tashkil qilingan. Mazkur  uchrashuvda Aziz Abduhakimov yangi o‘rinbosarlarini jamoaga tanishtirib, ularning faoliyatiga doir ko‘rsatmalarni bergan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, bugun rahbarlarning hayotdan uzoq, yolg‘on va asossiz hisobotlari va ma’lumotlariga chek qo‘yildi.

Ma’lumki, Aziz Abduhakimov ayni vaqtda bir nechta mas’ul lavozimlar boshqaruvchisi sanaladi. Amaldor bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, Shaxmat federatsiyasi va Badminton federatsiyasi raisi hamda Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universiteti rektori lavozimlarida faoliyat yuritadi.

Ushbu lavozimlarda o‘zgarish davomiy bo‘lishi uchun amaldorimiz to‘xtamay ishlashi kerak. O‘zA kuzatuvni yana davom ettiradi. Transport vaziri o‘tgan hafta dam oldimi yoki arzirli ish qilmadimi? Kuzatib boring, e’lon qilamiz...

Eslatib o‘tamiz, ushbu rukn ostida bundan oldin "Qurilish vaziri Botir Zokirov o‘tgan hafta boshida ishga chiqmadi. NEGA?" e’lon qilingan edi.