Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm va sport sohasi xodimlari taqdirlandi
22:04 / 2021-08-28

Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida Prezidentimizning 2021 yil 23 avgustdagi farmoni bilan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Joylarda shu munosabat bilan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday taqdirlash marosimlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligida bo‘lib o‘tdi. Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, mamlakatimizning turistik salohiyatiga o‘zlarining halol mehnatlari bilan hissa qo‘shib kelayotganlarga mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri A. Abduhakimov topshirdi.

T.Ro‘ziyev,O‘zA