Xitoyning nufuzli “Hunan Zhongwei Group Co., Ltd.” kompaniyasi boshqaruv raisi Chen Minbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov qabul qildi.
Uchrashuv davomida Buxoro viloyatining iqtisodiy, sanoat va turizm sohalaridagi keng imkoniyatlari, hududda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay muhit haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, viloyatning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror me’moriy yodgorliklari, turistik jozibadorligi hamda zamonaviy infratuzilma imkoniyatlari alohida ta’kidlandi.

Har ikki tomon o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xususan, turizm, xizmat ko‘rsatish va infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlaridagi istiqbolli tashabbuslar yuzasidan fikr almashdi. Xitoylik mehmonlarga kompaniya tomonidan rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti ham namoyish etildi.

Chen Minbo Buxoro viloyatining turizm salohiyatiga yuksak baho berib, mazkur sohada o‘zaro teng va manfaatli hamkorlik asosida qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Buxoroning tarixiy merosi va zamonaviy rivojlanish salohiyati Xitoy investorlari uchun jozibador hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, aniq takliflar asosida muzokaralarni davom ettirish hamda kelgusida qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.