Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm sohasidagi hamkorlik
12:28 / 2024-10-21

Ummon Sultonligi turistik kompaniyalari vakillari va blogerlardan iborat delegatsiya ko‘hna Buxoroda bo‘ldi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Buxoroning turizm salohiyatini Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlarida keng targ‘ib qilish, xususan, Ummon davlatidan sayyohlarni jalb qilishdan iboratdir.  

Mehmonlarga Buxoroning tarixiy markazidagi turizm namoyish ob’ektlari Labi Xovuz ansambli, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Chor Minor madrasasi hamda qator tarixiy qadamjolar bo‘ylab info-tur tashkil etildi. Shuningdek, mehmonlar hamda mahalliy tur-operatorlar ishtirokida “Grant Buxoro” mehmonxonasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.  

Info-tur O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan Buxoro viloyati hokimligi, viloyat turizm boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.