Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm sohasida xalqaro hamkorlik
19:18 / 2018-11-20

Namangan viloyati hokimligi va Indoneziya Respublikasining “PT.IMQ MultimediaUtama/Antara Digital Media” kompaniyasi oʻrtasida turizm sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

Namangan viloyati hokimligi va Indoneziya Respublikasining “PT.IMQ MultimediaUtama/Antara Digital Media” kompaniyasi oʻrtasida turizm sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Indoneziyaning “Opto Screen” kompaniyasi prezidenti va Malayziyaning “SMITA” – xalqaro kichik va oʻrta savdo assotsiatsiyasi katta maslahatchisi Su Kok Long rahbarligidagi Malayziya, Indoneziya, Xitoy Xalq Respublikasi, Tailand davlatlaridan investorlar delegatsiyasi ishtirok etdi.

Uchrashuvda mehmonlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining keyingi yillarda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashdagi tashabbuskorligi hamda uning samaralari alohida eʼtirof etildi.

photo5449759774716570000.jpg

– Oʻzbekiston Prezidentining turizm sohasini rivojlantirishga qaratayotgan alohida eʼtibori tahsinga loyiq, – deydi delegatsiya rahbari Su Kok Long. – Zero, bugungi kunda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida bu soha muhim oʻrin tutmoqda. Oʻzbekiston turizm sohasida hali ochilmagan katta imkoniyatlarga ega mamlakat va bu yoʻnalishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻladi.

Muzokaralardan soʻng Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda Indoneziyaning “PT.IMQ Multimedia Utama/Antara Digital Media” kompaniyasi raisi Darmadi Momon Darman shartnomani imzoladi.

Mazkur hujjatda Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasida tashqi savdo, investitsiya, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kelgusida kengaytirib borishning muhim ahamiyati, mamlakatimizda, jumladan, Namangan viloyatida xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay investitsion muhit, turizm sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha dastlabki vazifalar, sharoitlar oʻz aksini topdi.

Namangan viloyati va “PT.IMQ Multimedia Utama/Antara Digital Media” kompaniyasi oʻrtasida turizm sohasida keng axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish, 2019-2020 yillarda viloyatda turizmni rivojlantirish loyihasini ishlab chiqish, turizm yoʻnalishida qoʻshma korxona va xorijiy korxonalar tashkil qilish boʻyicha tomonlarning aniq vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab olindi.

photo5449435680779381417.jpg