Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm sohasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
19:19 / 2025-05-26

Joriy yilning 23 – 25-aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida o‘tkazilgan nufuzli “KITF” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Toshkent viloyatining turizm sohasi vakillari, turoperatorlar va madaniy guruh a’zolaridan iborat delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rgazma doirasida Rossiya, Xitoy, Tailand, Qirg‘iz Respublikasi hamda Qozog‘istonning Turkiston, Yettisuv, Qarag‘anda, Qizilo‘rda, Oqmola, Mang‘istov, Sharqiy Qozog‘iston, Pavlodar kabi qator viloyatlaridan tashrif buyurgan turizm tashkilotlari vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. 

Muzokaralar davomida ikki tomonlama sayyohlik aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro tajriba almashishni nazarda tutuvchi muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, Toshkent viloyati vakillariga info-tur tashkil etildi. Unda Turkiston viloyatining qator diqqatga sazovor maskanlarida sayyohlarga yaratilgan sharoit va qulayliklar tanishtirildi. 

Shular qatorida, O‘tror tumanidagi Arslonbob maqbarasi, qadimiy O‘tror shaharchasi, “Hazrat Sulton” majmuasi (Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi, Hilvat yerosti masjidi va Robiya Sulton Begim maqbarasi), “Etnoovul” majmuasi, “Uli Dala Eli” muzeyi kabi manzillarga borildi. 

 Shuningdek, Toshkent va Turkiston viloyatlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida V2V formatidagi bevosita uchrashuvlar o‘tkazildi, bu orqali ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi yo‘nalishlar ochish va sayyohlar oqimini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan Toshkent viloyatida turizm sohasidagi imkoniyat va sharoitlar tanishtirildi. 

Ta’kidlash lozimki, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va xorijlik turistlar kelishini ko‘paytirish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Bu esa o‘z navbatida Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

A.Musayev, O‘zA.