Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm sohasida hamkorlik kengaymoqda
21:09 / 2024-03-27

Qaror va ijro

Prezidentimizning 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati hamda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati turizm sohasi rasmiylari, tadbirkorlari o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish maqsadida Parkent tumanida bo‘ldi. 

Mehmonlarni Toshkent viloyati turizm boshqarmasi vakillari kutib oldi. Tomonlar o‘rtasida V2V formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda So‘g‘d va O‘sh viloyatlari turizm sohasi vakillari Toshkent viloyatining turizm imkoniyatiga yuqori baho berdi. Viloyatlar o‘rtasida turizm sohasida doimiy va davomiy hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi. Toshkent viloyati, So‘g‘d va O‘sh viloyatlari turizm boshqarmalari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida 30 ga yaqin turli yo‘nalishlarda shartnoma va hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Shundan so‘ng, Parkent tumanida infoturlar tashkil etildi va delegatsiya a’zolari “Kumushkon” MFYda joylashgan “Hazrat Ali” ziyoratgohini ziyorat qildi. Mehmonlarga ziyoratgoh tarixi hamda sayyohlar oqimi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Atrofdagi oilaviy mehmon uylariga ekskursiya uyushtirildi. 

Shuningdek, mehmonlar O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan “Quyosh Fizika instituti”dagi ilmiy laboratoriyada bo‘ldi. Mehmonlar mazkur majmua faoliyatini ko‘zdan kechirib, uning yurtimiz iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

A.Musayev, O‘zA muxbiri