Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm sohasida ayollar forumi
16:37 / 2021-06-02

«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan «Turizm sohasi biznesida tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini mustahkamlash» mavzusida o‘tkazilgan forumda ayollarni biznesga jalb qilish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Forumda turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro va mahalliy tashkilotlar, ekspertlar, tadbirkor ayollar, barcha viloyatlardan turistik soha vakillari ishtirok etdi.

– Butunjahon turizm tashkilotining 2019 yildagi hisobotida dunyodagi 156 ta mamlakatdagi turizm sohasidagi ishchi mutaxassislarning 54 foizi xotin-qizlardan iborat ekanligi qayd etilgan, –deydi O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri maslahatchisi Timur Mirzayev. – Bu borada yurtimizdagi xotin-qizlar ko‘rsatkichi ham yomon emas. Yaqinda Islom akademiyasida, Ipak yo‘li turizm universitetida, sayyohlik agentligi va gidlar assotsiatsiyasida so‘rovnoma o‘tkazganimizda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ko‘rsatkichi 40 foizdan yuqori chiqdi. Turizmning eng ko‘p daromad keltiradigan suvenir, gastronomiya, gidlik sohasida ayollarimiz ko‘pchilikni tashkil qilayotgani quvonarli hol, albatta. Buning sababi yurtimizda tadbirkor ayollarga berilayotgan vakolatlarning ko‘pligidan deb bilaman.

Yurtimizda ayollar o‘z bilim va tajribasi, malakasi hamda mahorati bois, ko‘pgina sohalarda yetakchi o‘rinni egallashgan. Ko‘plab xotin-qizlar turizm sohasida biznes yuritadi.

Shuning uchun ham ushbu yo‘nalish doimo Assotsiatsiya diqqat markazida.

Shahrisabzlik tadbirkor hunarmand Yulduz Mamadiyorova ham assotsiatsiya ko‘magida bilim va tajribalarini oshirib, bugungi kunda yuqori natijalarga erishmoqda. Yulduz opa turizm bilan hunarmandchilikni birgalikda olib bormoqda. O‘z faoliyatini xorijiy tillarni o‘rgatish markazini ochishdan boshlagan ayol bugungi kunga kelib, kashtachilik, popopchilik, gilamchilikni tashkil etib, bir nechta xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi.

Shuningdek, forum kun tartibidan turizm sohasi mutaxassislarining tavsiyalari, turizm biznesi vakillari uchun yangi nazariy va amaliy bilimlar hamda turizm salohiyati taqdimoti o‘rin oldi.

 

Nigora Rahmonova, O‘zA