Turizm qo‘mitasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari qanday faoliyat yuritadi?
Bu savolga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aniq javob keltirilgan.
Avvalo, milliy turistik mahsulotlarni jahonda ommalashtirish maqsadida qo‘mita raisining milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tashkil etiladi.
Qo‘mitaning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari tashkil etilmoqda.
Vakolatxonalar o‘zi faoliyat yuritadigan davlatlarda belgilangan vazifalarni bajaradi.
Qo‘mita raisining milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish bo‘yicha o‘rinbosari “Milliy PR-markazi” davlat muassasasi va vakolatxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda milliy turistik mahsulotlarning samarali marketingi uchun shaxsan mas’ul va javobgar sanaladi.
O‘zA