Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm parkini xitoyliklar quradi
17:23 / 2024-07-10

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Xitoyning “Zhongkuang Energy Group Co,. Limited” kompaniyasining investitsiya bo‘yicha direktori Yangkyu Vu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda xitoyliklar tomonidan barpo etiladigan ko‘ngilochar madaniyat va turizm parki loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Loyihaga ko‘ra majmuada xalqaro toifadagi ob’ektlar, xususan, mavsum tanlamas akvapark, attraksionlar, savdo galereyasi, restoran va fudkortlar quriladi.  

Majmua maydoni 50 gektarni tashkil qiladi. Uning asosiy qismini  akvapark egallaydi. Parkni loyihalashtirish va qurishga 100 million AQSH dollaridan ziyod investitsiya kiritiladi. To‘liq Xitoy investitsiyalari asosida quriladigan park arxitektura konsepsiyasida mamlakatimiz tarixi va an’analariga alohida e’tibor qaratiladi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha majmua Buxoroning tashrif qog‘oziga aylanadi.  

Uchrashuvda loyiha manzilini tanlash va uni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.