Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm ko‘chalari ko‘paymoqda
12:23 / 2026-02-10

Davlatimiz rahbarining hududlarda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida zarur infratuzilmani hozirlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Namangan viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda o‘ziga xos tajriba sifatida viloyatning e’tiborga molik, gavjum va markaziy ko‘chalarini “24/7” rejimidagi turizm ko‘chasiga aylantirish ishlari olib borilmoqda. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruhi joylardagi o‘rganishlari davomida Davlatobod tumanidagi To‘raqo‘rg‘on ko‘chasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Uzunligi 3,1 kilometr bo‘lgan ushbu yo‘l to‘liq yangilanib, to‘rt tasmali zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda. Turizm ko‘chasining har ikki tomonida qulay va xavfsiz piyodalar yo‘laklari, keng yashil hududlar barpo etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, loyiha doirasida jami 1 ming 400 dona zamonaviy tungi yoritish chirog‘i o‘rnatiladi. Bundan tashqari ikki dona yer usti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi ham ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 40,2 milliard so‘mni tashkil etib, qurilish jarayonida 109 ta xonadon va 286 ta noturar ob’ekt ta’mirlanadi. Qolaversa, beshta yangi inshoot va yana 20 ta bino barpo etilishi rejalashtirilgan.

[gallery-27572]

O‘rganish yakunida, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.