Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm Jizzaxning asosiy drayveriga aylanmoqda
12:26 / 2022-12-29

Jizzaxda viloyat hokimi o‘rinbosari, turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Sindor Rahmonqulov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “Jizzax viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Jizzax viloyati geografik joylashuviga ko‘ra tog‘lar, qir-adirlar, ko‘l va boy turizm salohiyatiga ega, turistlarni jalb qila olish uchun keng imkoniyati mavjud bo‘lgan hudud hisoblanib, turizm – viloyat iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biriga aylanib boryapti.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2022 yil davomida Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar 2 million 102 ming 617 nafardan ortdi. Hududga xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida “Asal sayli”, “Zomin ultra” marafoni, “Adliya sayli”, “Qadriyatlar qadrlangan yurt” shiorlari ostida turistik festival kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘ngilochar konsert dasturlari tashkil etildi.  

Jumladan, “Ichki va ziyorat turizmi” yarmarkasi, “Jizzax turizm yarmarkasi” va uning doirasida maxsus san’at ko‘rgazmasi tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.

Viloyatda turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish bo‘yicha targ‘ibot, tashviqot ishlari amalga oshirilyapti. Natijada, viloyatda shu yil davomida 681 o‘ringa mo‘ljallangan 171 ta xonadan iborat 19 ta kemping, 928 sig‘imga ega 469 ta xonadan tashkil topgan 7 ta mehmonxona, 290 o‘rin uchun mo‘ljallangan 103 ta xonadan iborat 32 ta oilaviy mehmon uyi, 204 o‘ringa mo‘ljallangan 78 xonadan tashkil topgan 9 ta hostel tashkil etildi.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA