Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm infratuzilmasini rivojlantirishda mahalliy kengashlar roli oshiriladi
13:20 / 2024-06-28

Senatda “Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishda mahalliy kengashlarning ustuvor vazifalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda turistlar oqimini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar, turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda hududiy turistik mahsulotlarni xalqaro maydonda ilgari surish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, mamlakatimizdagi turistik zonalarning salohiyatini mustahkamlash yo‘llari va xalq deputatlari kengashlarining hududlarning turizm sohasini rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilindi.  

Bundan tashqari, turizm faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi ustidan deputatlik nazoratining muhimligi alohida qayd etildi.  

Munozara tarzida o‘tgan seminar yakunida tegishli tavsiyalar qabul qilindi.  

N.Abduraimova,  

O‘zA