Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm: Buxoro sayyohlar bilan yanada fayzli
15:54 / 2025-11-04

Joriy yilning aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, ularning teng yarimi qadim Buxoro hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng asosiysi, bu bilan viloyatda turizm eksporti ko‘rsatkichlari ham ortgan.

Buxoroda sayyohlardan bir oyda 155 million AQSH dollardan ortiqroq daromad olindi. Ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 5 sentyabrda boshlangan Buxoro biyennalesi sabab turizm faoliyatida sezilarli darajada o‘sish kuzatildi. Bir oy vaqt oralig‘ida qadim shaharga jami 1 million 224,2 ming nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p ekanini ko‘rsatmoqda.

– Har yilgiga nisbatan ham mahalliy, ham xorijiy sayyohlar soni qariyb 1,5-2 baravarga oshganligini ko‘rish mumkin, – deydi Buxoro viloyati turizm boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bobir To‘qsanov. – 2025 yilning o‘tgan 9 oy davomida aynan viloyatda qariyb 1 million 900 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifi va qariyb 3 million 800 nafarga yaqin mahalliy sayyohlar oqimini kuzatish mumkin. Bu o‘z-o‘zidan Buxoroda, umuman O‘zbekistonda davlat rahbarining tashabbusi bilan turizm sohasidagi shart-sharoitlar, sayyohlarga yaratib beraliyotgan infratuzilma ob’ektlari, mehmonxonalar, ularda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashdan dalolat beradi. 

– Taassurotlarim juda katta, – deydi Buyuk Britaniyalik sayyoh Luiz Kreddok. – Buxoro juda ajoyib shahar ekan. Aslida reja bo‘ycha bu joyda 1 kun qolishim kerak edi. Ammo, katta san’at bayrami sabab yana ikki kun bu shaharda qolib, beqiyos go‘zallikdan bahra olmoqchiman. 

– Bu ajoyib mamlakatning qadim shahrini tomosha qilib, o‘zimizni tasavurimizdan bir necha barobarga go‘zal tarixga tushib qolgandek his qilyapmiz, – deydi portugaliyalik sayyoh Kristina Morales. – Juda ko‘plab san’at namunalaridan xarid qildik. Hunarmandlarning har bir mahsuloti bizning yaqinlarimiz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi va ularni ham bu sehrli diyorga kelishlariga undaydi. 

 [gallery-26073]

Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyohlardan 570,8 ming nafari xorijiy, 653,4 ming nafari esa mahalliy mehmonlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xorijlik mehmonlar soni 1,6 barobarga, ichki sayyohlarniki esa 1,5 barobarga oshgan. Bu o‘sish ham bevosita shaharda o‘tkazilayotgan Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bilan bog‘liq.

Hududdagi mehmonxonalarning bandlik darajasi ham 84 foizdan 92 foizgacha oshgan. Shu bilan birga, sayyohlarning Buxoroda qolish muddati o‘rtacha 1,5 kunga uzaygani kuzatilmoqda. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.