English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turin politexnika universitetida talabalarni Italiya Respublikasi va ilg‘or xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari o‘quv reja va dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy qilinadi
10:20 / 2025-07-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb nomlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq, Oliy ta’lim tashkilotlarining boshqaruv samaradorligini oshirish orqali ularning sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash, xorijning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni kengaytirish, ta’lim xizmatlari eksportini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga: 

a) Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarni Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) o‘quv reja va dasturlari bilan bir qatorda boshqa ilg‘or xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining ham o‘quv reja va dasturlari asosida o‘qitish tizimini joriy qilish; 

b) oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini "avval test, so‘ng tanlov" tamoyiliga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi.

Farmon bilan: 

Ўзbекистон Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-265-son qarori 4-bandining "g" kichik bandi; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 iyundagi "Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-275-son qarori 4-bandining "v" kichik bandi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-290-son qarorining 5 va 6-bandlari; Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 iyuldagi "Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 211-son qarori; 

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 696-son qarori; 

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 yanvardagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 34-son qarorining 6 va 7-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

O‘zA