Turdiyev Eralijon Muxtorovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Sanoat korxonalarida aktivlarni boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusida
Turdiyev Eralijon Muxtorovichning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Sanoat korxonalarida aktivlarni boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengashining 2023-yil 6-may, soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy.
Tel.: (99871) 239-01-49, faks: (99871) 239-41-23
e-mail: tdiu@tsue.uz